Portfel tahlili: Walt'da PnL va daromadlilik
PnL va daromadlilik Walt'dagi aktivlaringizdan qança foyda yoki zarar körganingizni valyutada va foizda körsatadi. Uşbu körsatkiçlarni asosiy ekranda va Portfel tahlili bölimida körişingiz mumkin.
- PnL va daromadlilik özi nima
- Asosiy ekrandagi PnL
- Portfel tahlili
- Nima uçun PnL asosiy ekran va Portfel tahlili bölimida farq qiladi
- PnL va daromadlilikni hisoblaş
PnL va daromadlilik özi nima
- PnL – aktivlaringiz qiymatidagi özgariş bölib, fiat valyutada ifodalanadi. Bu siz qança foyda yoki zarar körganingizni körsatadi.
- Daromadlilik – xuddi şu özgarişning boşlanğiç qiymatga nisbatan foizdagi ifodasidir. Bu sarmoyalaringiz qança foyda yoki zarar keltirganini körsatadi.
Masalan, siz 100 UZS qiymatidagi kripto-aktivlarni kiritasiz va ularning qiymati 110 UZS'gaça oşadi. PnL körsatkiçingiz +10 UZS, daromadlilik esa +10%. Agar ularning qiymati 90 UZS'gaça tuşsa, PnL'ingiz −10 UZS, daromadliligingiz esa −10% böladi.
Uşbu körsatkiçlarni ikki joyda körişingiz mumkin:
- Walt asosiy ekranida – akkauntingizda hozir mavjud aktivlar uçun.
- Portfel tahlili bölimida – allaqaçon sotgan yoki yeçib olgan aktivlaringizni öz içiga olgan töliq köriniş uçun.
Asosiy ekrandagi PnL
Barça aktivlar böyiça PnL'ni qayerda köriş mumkin
Walt akkauntingiz balansi ostida ikkita körsatkiç mavjud: balansingizdagi barça aktivlar böyiça PnL va daromadlilik.
Davrlar örtasida almaşiş uçun qiymat ustiga bosing:
- 24 soat – oxirgi 24 soat içidagi özgariş.
- Butun davr – aktivlar balansingizga qöşilganidan buyon yuz bergan özgariş.
Muayyan aktiv böyiça PnL'ni qanday köriş mumkin
Kripto va Aksiyalar va ETF'lar bölimlarida PnL har bir aktiv yonida körsatiladi. Bu Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalarda saqlanayotgan aktivlarga ham tegişli.
Qoldiği 0,01 USDT ekvivalentidan kam bölgan aktivlar röyxatda körsatilmaydi. Bunday aktiv böyiça PnL'ni köriş uçun Savdo bölimini oçing, qidiruv paneli orqali aktivni toping va uning sahifasini oçing.
Eslatma: Uşbu aktivlar qiymati balansingiz ostida körsatilgan PnL'ga kiritilgan, şuning uçun körinib turgan aktivlarning PnL yiğindisi uşbu raqamdan biroz farq qilişi mumkin.
Aktivning daromadliligini köriş va davrlarni almaştiriş uçun:
- Aktiv ustiga bosing.
- Portfelingiz bölimida PnL qiymatini bosing.
- 24 soat yoki Butun davrni tanlang.
Portfel tahlili
Portfel tahlilini qanday oçiş mumkin
Walt asosiy ekranida yuqori öng burçakdagi grafik belgisini ◕ bosing.
Tahlil davrini tanlang: 1 kun, 1 hafta, 1 oy, 1 yil yoki butun davr. Bölimda tanlangan davr uçun joriy portfel qiymati, PnL va daromadlilik, şuningdek, uşbu davrda portfel qiymatining özgarişiga nimalar ta'sir qilgani aks etadi.
Portfel qiymatiga nimalar kiradi
Portfel qiymati – Walt'dagi barça aktivlaringizning joriy qiymati bölib, fiat valyutada ifodalanadi:
- Kripto-aktivlar;
- Aksiyalar va ETF'lar bilan ta'minlangan tokenlar;
- Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalardagi aktivlar.
Masalan, sizda quyidagilar bor:
- kripto-aktivlarda 300 000 UZS;
- Aksiyalar bilan ta'minlangan tokenlarda 100 000 UZS;
- Daromad bölimidagi dasturga 50 000 UZS sarmoya kiritilgan.
Portfelingiz qiymati 450 000 UZS böladi.
Portfel qiymati özgarişiga nimalar ta'sir qiladi
Portfel samaradorligi bölimi tanlangan davrda portfelingiz qiymati özgarişiga nima sabab bölganini körsatadi:
- Töldirişlar – akkauntingizga kiritilgan mablağlar.
- Yeçib olişlar – akkauntingizdan yeçib olingan mablağlar.
- Realizatsiya qilingan PnL – yopilgan savdolar va tölovlardan.
- Realizatsiya qilinmagan PnL – akkauntingizda hozirda saqlanayotgan aktivlar va pozitsiyalardan.
- Jami daromad – realizatsiya qilingan va realizatsiya qilinmagan PnL yiğindisi.
Töldirişlar va yeçib olişlar PnL körsatkiçini emas, balki mablağlaringiz harakatini aks ettiradi.
Turli davrlardagi özgarişlar va manbalar böyiça taqsimotni körsatuvçi grafikni köriş uçun Töldirişlar, Yeçib olişlar yoki Realizatsiya qilingan PnLni bosing.
Töldiriş va yeçib olişlarga nimalar kiradi
Töldirişlar:
- Ötkazmalar – taşqi manzillardan va Telegram kontaktlaridan.
- On-ramp – tölov provayderi orqali kripto-aktivlar xaridi.
- Sovğalar – Sodiqlik dasturi kabi Walt dasturlari orqali olingan mukofotlar, tölovlar va bonuslar.
- Boşqa – yuqoridagi toifalarning heç biriga kirmaydigan tranzaksiyalar.
Yeçib olişlar:
- Ötkazmalar – taşqi manzillar va Telegram kontaktlariga.
- Off-ramp – kripto-aktivlarni tölov provayderi orqali sotiş.
- Boşqa – yuqoridagi toifalarning heç biriga kirmaydigan tranzaksiyalar, masalan, Telegram Yulduzlarini xarid qiliş.
Realizatsiya qilingan va realizatsiya qilinmagan PnL nima
Realizatsiya qilinmagan PnL – akkauntingizda hozir saqlanayotgan aktivlar qiymatining özgarişi. U aktivlar narxi özgarişi bilan yangilanib boradi. Unga quyidagilar kiradi:
- Akkauntingizda saqlanayotgan kripto-aktivlar hamda aksiyalar va ETF'lar bilan ta'minlangan tokenlar, jumladan dividendlar;
- Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalardagi aktivlar.
Realizatsiya qilingan PnL – bu siz qayd etgan foyda yoki zarar. Bu miqdor boşqa özgarmaydi. Unga quyidagi foyda yoki zararlar kiradi:
- Yopilgan spot pozitsiyalar – kripto-aktivlarni Savdo va Ayirboşlaş bölimlari yoki tölov provayderi orqali sotiş, şuningdek, balansingizdan aktivlarni yeçib oliş;
- Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalardan tölovlar.
Komissiyalar hisobga olinmaydi.
Masalan, siz 1 BTC'ni 700 000 000 UZS'ga sotib oldingiz va uning narxi 750 000 000 UZS'ga oşdi.
- BTC akkauntingizda turgan paytda, qiymatning 50 000 000 UZS'ga oşişi realizatsiya qilinmagan PnL hisoblanadi. BTC narxi oşsa yoki tuşsa, bu körsatkiç ham özgaradi.
- Agar yarmini (0,5 BTC) har bir BTC uçun 750 000 000 UZS'dan sotsangiz, 25 000 000 UZS foyda realizatsiya qilingan PnL'ga aylanadi. Qolgan 0,5 BTC böyiça PnL uni sotmaguningiz yoki yeçib olmaguningizça realizatsiya qilinmagan holatda qoladi.
Nima uçun PnL asosiy ekran va Portfel tahlili bölimida farq qiladi
Körsatkiçlar turliça hisoblanadi, şuning uçun ular bir xil davr uçun ham farq qilişi mumkin:
- Qaysi PnL hisobga olinadi: Asosiy ekranda faqat realizatsiya qilinmagan PnL körsatiladi, Portfel tahlilida esa realizatsiya qilingan va realizatsiya qilinmagan PnL hisobga olinadi.
- Töldiriş va yeçib olişlar: Ular asosiy ekranda aks ettirilmaydi, lekin Portfel tahlili bölimida portfel qiymatidagi özgarişlarni hisoblaşda inobatga olinadi.
- Daromadlilik qanday hisoblanadi: Asosiy ekranda u xarid narxi yoki aktivlar akkauntingizga kirim qilingan paytdagi narx asosida hisoblanadi. Portfel tahlilida esa töldiriş va yeçib oliş vaqtlari inobatga olingan holda, davr davomidagi portfelning örtaça kapitaliga asoslanadi. Batafsil ma'lumot uçun “Daromadlilik qanday hisoblanadi” bölimiga qarang.
PnL va daromadlilikni hisoblaş
PnL qanday hisoblanadi
Ikki narx taqqoslanadi:
- Xarid narxi – aktiv balansingizga qöşilgan paytdagi qiymati.
- Sotiş narxi – aktiv balansingizdan çiqqan paytdagi qiymati. Agar aktiv hali ham balansingizda bölsa, uning örniga joriy bozor narxi işlatiladi.
Masalan, siz kripto-aktivni 20 000 UZS'ga sotib oldingiz:
- Agar uning joriy qiymati 35 000 UZS bölsa, realizatsiya qilinmagan PnL har bir kripto-aktiv uçun 15 000 UZS böladi.
- Agar uni 30 000 UZS'ga sotsangiz, realizatsiya qilingan PnL har bir kripto-aktiv uçun 10 000 UZS böladi.
PnL Walt'ga birinçi töldirişni amalga oşirgan sanangizdan boşlab hisoblanadi.
Aktiv bir neça marta xarid qilingan bölsa, PnL qanday hisoblanadi
Har bir xarid alohida, öz narxi böyiça hisobga olinadi.
Masalan, siz 100 GRAM'ni har birini 20 000 UZS'dan sotib oldingiz, ertasi kuni esa yana 100 GRAM'ni har birini 30 000 UZS'dan sotib oldingiz. Agar hozir GRAM qiymati 35 000 UZS bölsa:
- Birinçi xariddan PnL +1 500 000 UZS.
- Ikkinçi xariddan PnL +500 000 UZS.
Sotişda FIFO (birinçi kelgan, birinçi çiqadi) tamoyili qöllanadi: eng avval qilingan xariddagi aktivlar birinçi bölib sotiladi.
Masalan, 100 GRAM'ni har birini 35 000 UZS'dan sotsangiz, bu sotuv 20 000 UZS'dan qilingan birinçi xaridni yopadi va natijada realizatsiya qilingan PnL 1 500 000 UZS'ni taşkil etadi.
30 000 UZS narxda sotib olingan qolgan 100 GRAM alohida hisoblanişda davom etadi. Ular balansingizda qolsa, ular böyiça PnL realizatsiya qilinmagan bölib qoladi.
Xaridlar va sotuvlar uçun qaysi narx işlatiladi
| Tranzaksiya | Qöllanilgan narx |
| Savdo va Ayirboşlaş bölimlarida yoki tölov provayderi orqali sotib oliş yoki sotiş | Tranzaksiya narxi |
| Taşqi hamyondan töldiriş yoki qöşimça tokenlar şaklida dividendlar oliş | Aktivlar hisobga kiritilgan paytdagi bozor narxi |
| Taşqi hamyonga yeçib oliş | Yeçib oliş vaqtidagi bozor narxi |
| Aktivlarni Daromad bölimidagi dasturga joylaştiriş | Aktivlar hisobga kiritilgan paytdagi bozor narxi |
| Mukofot yoki bonus oliş | Mukofot hisobga ötkazilgan paytdagi bozor narxi |
Realizatsiya qilingan PnL qanday hisoblanadi
Tanlangan davr uçun faqat şu davrda yakunlangan tranzaksiyalar hisobga olinadi: aktivlarni sotiş va yeçib olişlar, şuningdek Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalardan tölovlar.
Yopilgan spot pozitsiyalar uçun
Realizatsiya qilingan PnL = kripto-aktivlar soni × (sotiş narxi − xarid narxi)
Masalan
Siz 2 ETH'ni har bir kripto-aktiv uçun 30 000 000 UZS'dan sotib oldingiz va ularni har bir kripto-aktiv uçun 32 000 000 UZS'dan sotdingiz.
Realizatsiya qilingan PnL = 2 × (32 000 000 UZS − 30 000 000 UZS) = 2 × 2 000 000 UZS = 4 000 000 UZS
Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalardan tölovlar uçun
PnL = olingan kripto-aktivlar soni × kripto-aktiv hisobga tuşgan paytdagi bozor narxi
Masalan
Siz 10 GRAM miqdorida tölov qabul qildingiz. Kripto-aktivlar hisobga tuşgan paytda 1 GRAM 30 000 UZS'ga teng edi.
Realizatsiya qilingan PnL = 10 × 30 000 UZS = 300 000 UZS
Jami realizatsiya qilingan PnL
Jami realizatsiya qilingan PnL = yopilgan spot pozitsiyalar böyiça PnL + Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalar tölovlaridan olingan PnL
Masalan
Tanlangan davrda olgan daromadingiz:
- yopilgan spot pozitsiyalardan 4 000 000 UZS;
- Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalar böyiça tölovlardan 300 000 UZS.
Jami realizatsiya qilingan PnL = 4 000 000 UZS + 300 000 UZS = 4 300 000 UZS
Realizatsiya qilinmagan PnL qanday hisoblanadi
Tanlangan davr uçun faqat şu davrdagi qiymat özgarişlari hisobga olinadi. Boşlanğiç narx – agar aktiv allaqaçon balansingizda bölgan bölsa, davr boşidagi narx; keyinroq qöşilgan bölsa, xarid narxi.
Balansingizdagi kripto-aktivlar hamda aksiyalar va ETF'lar bilan ta'minlangan tokenlar uçun
PnL = kripto-aktivlar soni × (joriy narx − boşlanğiç narx)
Masalan
Siz 2 ETH'ni har bir kripto-aktiv uçun 30 000 000 UZS'dan sotib oldingiz. Hozir bir ETH qiymati 32 000 000 UZS.
Realizatsiya qilinmagan PnL = 2 × (32 000 000 UZS − 30 000 000 UZS) = 2 × 2 000 000 UZS = 4 000 000 UZS
Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalardagi aktivlar uçun
PnL = töldiriş miqdori × (joriy narx − boşlanğiç narx)
Masalan
Siz dasturga 100 GRAM kiritdingiz. Kiritiş paytida bir GRAM qiymati 30 000 UZS edi, hozir esa 35 000 UZS.
Realizatsiya qilinmagan PnL = 100 × (35 000 UZS − 30 000 UZS) = 100 × 5 000 UZS = 500 000 UZS
Jami realizatsiya qilinmagan PnL
Jami realizatsiya qilinmagan PnL = balansingizdagi aktivlar böyiça PnL + Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalardagi aktivlar böyiça PnL
Masalan
Tanlangan davrda olgan daromadingiz:
- Balansingizdagi kripto-aktivlar hamda aksiyalar va ETF'lar bilan ta'minlangan tokenlardan 4 000 000 UZS;
- Daromad bölimidagi dasturlar va kampaniyalardagi aktivlardan 500 000 UZS.
Jami realizatsiya qilinmagan PnL = 4 000 000 UZS + 500 000 UZS = 4 500 000 UZS
Daromadlilik qanday hisoblanadi
Portfel tahlilida daromadlilikni hisoblaş uçun örtaça kapital işlatiladi – bu davr davomida portfelning örtaça qiymati. Töldirişlar va yeçib olişlar mablağlar portfelda qança vaqt qolganiga qarab hisoblanadi.
Örtaça kapital
Örtaça kapital = davr boşidagi portfel qiymati + töldiriş × (töldirişdan keyin qolgan vaqt ÷ umumiy davr) − yeçib oliş × (yeçib olişdan keyin qolgan vaqt ÷ umumiy davr)
Masalan
Davr – 30 kun:
- Davr boşida portfel qiymati 50 000 000 UZS edi.
- 10-kuni siz akkauntingizni 10 000 000 UZS'ga töldirdingiz.
- 20-kuni siz 4 000 000 UZS yeçib oldingiz.
Töldirişdan keyin davr oxirigaça 30 kundan 20 kun, yeçib olişdan keyin esa 30 kundan 10 kun qoldi.
Örtaça kapital = 50 000 000 UZS + 10 000 000 UZS × (20 ÷ 30) − 4 000 000 UZS × (10 ÷ 30) ≈ 55 333 333 UZS
Realizatsiya qilingan daromadlilik
Realizatsiya qilingan daromadlilik = davr böyiça realizatsiya qilingan PnL ÷ örtaça kapital × 100%
Masalan
Tanlangan davrda realizatsiya qilingan PnL 4 300 000 UZS'ni, örtaça kapital esa 55 333 333 UZS'ni taşkil etdi.
Realizatsiya qilingan daromadlilik = 4 300 000 UZS ÷ 55 333 333 UZS × 100% ≈ 7,8%
Realizatsiya qilinmagan daromadlilik
Portfel tahlilida
Realizatsiya qilinmagan daromadlilik = davr böyiça realizatsiya qilinmagan PnL ÷ örtaça kapital × 100%
Masalan
Davr davomida realizatsiya qilinmagan PnL 4 500 000 UZS, örtaça kapital esa 55 333 333 UZS böldi.
Realizatsiya qilinmagan daromadlilik = 4 500 000 UZS ÷ 55 333 333 UZS × 100% ≈ 8,1%
Asosiy ekranda
Realizatsiya qilinmagan daromadlilik = realizatsiya qilinmagan PnL ÷ (kripto-aktivlar soni × boşlanğiç narx) × 100%
Masalan
Siz 2 ETH'ni har bir kripto-aktiv uçun 30 000 000 UZS'dan sotib oldingiz. ETH hozir 32 000 000 UZS turadi, realizatsiya qilinmagan PnL esa 4 000 000 UZS.
Realizatsiya qilinmagan daromadlilik = 4 000 000 UZS ÷ (2 × 30 000 000 UZS) × 100% ≈ 6,7%